Investitsiya

Demo hisob nima?

Demo Hisob - Bu Haqiqiy brokerlik hisobga o'xshaydi, faqat virtual pullar bilan. Ya’ni u yerda hamma narsalar masalan: Raqamlar, jadvallar, aktivlarning narxlari hamma narsa haqiqiy faqat pullar virtual.

Demo hisob orqali aktsiyalar, valyutalar va obligatsiyalarni sotib olish, ularni sotish va unarxlarini o’zgarishini kuzatish mumkin. Demo hisob bu hali investitsiya olamida tajribasi yo’q insonlar uchun juda qulay chunki u yerda o’zingizning pulingizni xavfga solmagan holda investitsiyada o’z bilimingizni sinab ko’rishingiz mumkin.

Afzalliklari: Demo hisob bu boshlang’ich treyderlar va investorlar uchun xavfsiz savdo qilishni praktikada sinash uchun juda yaxshi.

Kamchiliklari: Demo hisobda savdo qilish xavfsiz bo’lgani uchun haqiqiy hisobdagi xavfni ko’pchilik sezmay qolishi mumkin. Oldinda turgan hamma xavf xatarni tushunib uni ko’ra bilgandagina savdo haqiqatdan ham daromadli bo'ladi.

Instagram (https://www.instagram.com/uznetix/) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCQdf7GhQK363oKBiZJZE8yw)| Telegram (https://t.me/uznetix)
Made on
Tilda