Investitsiya

Men pulimning bir qismini ko'chmas mulkka sarmoya qilaman. Nima uchun? Chunki:

1) Ko'chmas mulk eng xavfsiz moliyaviy vositadir. Uni ijaraga berish yoki sotish mumkin. Oxir-oqibat, siz o'zingiz yashashingiz yoki bolalaringizga berishingiz mumkin.

2) Uzoq muddatda ko'chmas mulk qiymati oshadi.

3) Agar tavakkal qilishni istamasangiz, ko‘chmas mulk pulingizni saqlashning yaxshi usuli hisoblanadi.

Ammo ko'chmas mulkka investitsiya qilishning minuslari bor:

a) Agar sizga zudlik bilan pul kerak bo'lsa, har doim ham tez sota olmaysiz

b) Ko'chmas mulkda qisqa vaqt ichida ko'p pul topishni imkoni yoq.

Nega men ularga investitsiya qilyapman? Javob: diversifikatsiya. Barcha pullarni bir xil vositalarda saqlamaslik uchun.

Misol uchun, hozir Rossiyada inqiroz bolyapdi va Rossiya aktsiyalari tushib ketdi. Lekin ko‘chmas mulk narxi tushmadi. Va agar sizga zudlik bilan pul kerak bo'lsa, unda siz aktsiyalarni zararga sota olmaysiz, lekin siz kvartirani sotishingiz mumkin. 🏠

Instagram (https://www.instagram.com/uznetix/) | Telegram (https://t.me/uznetix) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCQdf7GhQK363oKBiZJZE8yw)
Made on
Tilda