Assalomu alaykum teacher.
Rostini aytsam, sizning videolaringizni ko‘ra boshlaganimdan keyin hayotimda juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Oldin investitsiya deganda faqat pul yoki biznes haqida o‘ylardim. Aksiya, obligatsiya, brokerlik degan so‘zlarni eshitsam, chalkashib ketardim. Lekin sizning videolaringizni ko‘rib, bu narsalarning asl ma’nosini tushundim.
Men talabaman, economics yo'nalishida o'qiyman, shu sababli ham ancha tushunchaga ega bo'lishimga yordam bo'layapti investitsiya haqida.
Endi bilaman, investitsiya degani faqat moliya emas, balki o‘zingga sarmoya kiritish ham ekan. Masalan, yangi bilim o‘rganish, kitob o‘qish, til o‘rganish, sog‘lom hayot tarzini tanlash, maqsad sari harakat qilish — bularning barchasi eng muhim investitsiya.
Sizning videolaringiz orqali men pulni to‘g‘ri ishlatish, vaqtni qadrlash va o‘z ustimda ishlashni o‘rgandim. Oldin har narsani faqat hozir uchun qilardim, lekin endi kelajak haqida o‘ylayapman. Har kuni o‘zimdan so‘rayman: Bugun men o‘zimga qanday investitsiya qildim?
Sizning so‘zlaringiz menga motivatsiya berdi, fikrlarimni o‘zgartirdi, dunyoqarashimni kengaytirdi. Endi moliya haqida gap ketganda o‘zimni begona his qilmayman — aksincha, o‘rganishga qiziqaman.
Eng asosiysi, siz menga shuni o‘rgatdingiz: har kim o‘z hayotini o‘zgartira oladi, faqat harakat va ishonch kerak. Sizning videolaringiz faqat investitsiya haqida emas — ular hayotni anglash, o‘zingni rivojlantirish va o‘sishga intilish haqida.
Rahmat sizga, Azam aka! Sizning videolaringiz orqali men nafaqat moliyaviy jihatdan, balki ruhiy va shaxsiy jihatdan ham o‘sdim. Endi men o‘zimni yanada rivojlantirishga harakat qilayapman.