Assalomu alaykum hammaga. Men bu kursga yaqinda qatnashdim. Kurs menga 1-darsdan ijobiy fikr uygʻotdi deya olaman, chunki kursni oʻrganishdan oldin oldimizga aniq va toʻgʻri maqsad qoʻyib, aynan mana shu maqsad yoʻlida investitsiya kursini oʻrganish ancha oson va samarali boʻldi. Bundan tashqari Uznetix jamoasi xodimlari ham kursni oʻrganishim davomida alohida, individual shugʻullanib kursni oson tushunishimga yordam berishdi. Mana shu kursga qatnashib men koʻp narsa oʻrgandim, oʻzimni rivojlanishda bir pogʻona yuqoriga chiqqanimni sezdim. Bu uchun ustoz Aʼzam Azizovga, u kishining Uznetix jamoasi va adminlariga kattakon rahmat. Alloh rozi boʻlsin!