Uznetix talabalar sharhlari - Mijozlar fikrlari

Pulga bo‘lgan tushuncham butunlay o‘zgardi

Assalomu aleykum. Mening ismim Elmurat, yoshim 30 da. Men hozirda uznetix kompaniyasini investitsiya kursida o'qiyabman va oz vaqtlaridan xudo xohlasa bitiraman kursni. Men bu kurs haqida ilk bor instagramda ko'zim tushgan va qiziqib qolganman. Oldin bularni (aksiya, obligatsiya, fond, birja,...) kinolarda, yangiliklarda va boshqa OAV da eshitardim lekin nimaligini tushunmas edim. Men investitsiyani o'rganishdan oldin pulni qanday saqlashni, qanday ko'paytirish haqida umuman tushuncham yo'q edi. Pulni naqd pul ko'rinishida yoki plastik kartada saqlar edim. Inflyatsiya haqida o'ylab ham ko'rmas edim. Lekin hozir kursni o'qigandan keyin pul bilan qanday ishlash kerakligini, qanday saqlash kerak, qanday qilib inflyatsiyani yengish mumkin va pulni qanday ko'paytirish mumkinligini tushunib yettim. Men hozirda O'zbekiston bozorida ishlayabman va multicard ilovasidan foydalanaman. Xudo xohlasa yaqin orada dunyo bozoriga chiqish niyatim bor. Albatta pulni naqd ko'rinishida yoki elektron ko'rinishda saqlab bo'lmaydi. Bu kursdan keyin meni pulga bo'lgan tushuncham umuman o'zgardi. Bu kursda o'qib pulga pul topirib qo'yish kerak ekanligini bildim. Men bu kursda o'qiyotganimga judayam xursandman va uznetix jamoasiga, ayniqsa kuratorlarga minnatdorchilik bildiraman.
Made on
Tilda