Uznetix talabalar sharhlari - Mijozlar fikrlari

«Oldin investitsiya faqat boylar uchun deb o‘ylardim. Endi pulimni boshqaraman va kelajagimni qurayapman»

Mening Uznetix bilan o‘zgarishlarim:

Men ilgari pulni faqat tejash vositasi sifatida ko‘rar, moliyaviy kelajagim haqida kam o‘ylardim. Har oy daromad yetarli emas deb shikoyat qilardim va ortiqcha qarzlarimni kamaytirishning iloji yo‘qdek tuyulardi. Shu paytgacha men investitsiya haqida o‘ylamaganman, chunki u faqat boylar uchun, deb o‘ylardim.

Ammo Uznetix (Azam Azizov) postlari va videolarini kuzatishni boshlaganimdan keyin, moliyaviy fikrlarim butunlay o‘zgardi. Endi men tushundimki, moliyaviy erkinlik faqat katta daromadga ega bo‘lishda emas, balki pulni oqilona boshqarishda.

O‘zimdagi o‘zgarishlar:

1. Moliyaviy savodxonlik oshdi – Endi men pulni qanday boshqarish, xarajatlarni nazorat qilish va byudjet tuzishni bilaman. Masalan, ilgari har oy oxirida “qayerga ketdi, bilmay qoldim” der edim. Hozir esa har oy daromad va xarajatlarni yozib boraman, har bir xarajatni kategoriyalarga ajratdim: oziq-ovqat, transport, o‘yin-kulgi va investitsiya. Shu orqali keraksiz xarajatlarni aniqladim va ularni 30% ga qisqartirdim.

2.Qarzlardan qutuldim – Uznetixning maslahatlari orqali men qarzlarimni yozib chiqdim va “qarzlar ro‘yxati” yaratdim. kredit kartadagi qarzim 1 200 000 so‘m edi, uni bir oy ichida kichik summalarga bo‘lib to‘ladim. Shundan keyin katta qarzlarni ketma-ket yopishga o‘tdim. Shu bilan moliyaviy yukdan qutuldim.

3. Moliyaviy rejalar tuzish – Endi men har oy pulimning qanchasi tejashga, qanchasi investitsiyaga, qanchasi kundalik ehtiyojlarga ketishini aniq bilaman. Misol uchun, 100 000 so‘m tejash, 150 000 investitsiya uchun jamgʻarib kelmoqdaman, 200 000 so‘m kundalik xarajatlar – bu menga nazorat va xavfsizlik hissini beradi.

4.Oilaviy kelajak uchun reja – Endi nafaqat o‘z hayotim, balki oilam va kelajakdagi orzularim uchun moliyaviy rejalashtirish qilaman. Masalan, oilamizning farovonligi uchun maxsus jamg‘arma ochish niyatidaman , oʻzim uchun esa 2mln jamgʻardim. Uznetix postlari menga shuni o‘rgatdi: investitsiya faqat boylar uchun emas, balki aqlli odamlar uchun! Shu orqali men nafaqat pulni ko‘paytirishni, balki kelajakda mustahkam va xavfsiz moliyaviy erkinlikka erishishni o‘rgandim. Endi men hayotimni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘ldim. Moliyaviy stress kamaydi, ortiqcha qarzlar yo‘q, pulni boshqarishdagi bilimlarim esa kundan-kunga oshmoqda.
Made on
Tilda