Investitsiya kursi maʼlum kapitalga ega odam uchun nafaqat uzoq muddatli passiv daromad manbai, balki aktiv daromad uchun ham ajoyib imkoniyat ekanini tushundim. Men ham endi aynan shu yoʻl orqali pulga muhtoj boʻladigan talabalik davrimda hech kimdan pul soʻramay oʻzim koʻp daromad qilish imkoniga egaman. Chunki aksiyalari barqaror oʻynab turadigan, qudratli kompaniyalarga pul tikish orqali pulimni qanday qilib riskka qoʻymasdan, qisqa muddatda (bir necha soat, hatto bir necha daqiqada), eng muhimi halol yoʻl bilan koʻpaytirish ilmini oʻrgandim Azam Azizov kurslari orqali. Men halol-haromga qattiq eʼtibor berardim, hatto shubhali boʻlsa ham bunday yoʻllar orqali pul topishdan osongina voz kechardim. Ammo oʻzimga qiyin boʻlsada, halolligi aniq boʻlmagan pul topish yoʻllariga yurmaganim sabab bu kurs menga Xudoning inʼomi edi. Chunki meni istagim koʻp vaqtimni va energiyamni olmaydigan tarzda koʻproq pul topish edi, ushbu kurs bu kriteriyamga 100% toʻgʻri keldi. Endi umrimni oxirigacha olgan bilimlarim menga moddiy va maʼnaviy boylik olib keladi. Men halol deganda aynan aksiyalar savdosini nazarda tutdim. Bundan boshqa qimmatli qogʻozlarga ham sarmoya kiritishni maʼlumotni berkitish boʻlib qolmasligi uchun ustozimiz keltirib oʻtganlar. Ammo ularning baʼzilar joiz emas, baʼzilari shubhali. Buyogʻini har kim qadriyatiga qarab tanlab olaveradi. Shunga qaramay, menga faqat halol yoʻl kerak deganlarga ham bu kurs toʻgʻri keladi, xuddi menga toʻgʻri kelganidek.
Menga oyim 10k$ sarmoya qilishlarini aytdilar. Bu mablagʻni aksiyalarga tikib, ular 1 foizgagina koʻtarilsa ham 100$ daromad tayyor degani. Agar ishlarim davomiy yaxshi ketsa, qolgan yigʻib qoʻygan pullarini ham qisqa va uzoq muddatli investitsiya uchun tikishlarini aytdilar, shu paytgacha bunday imkoniyatlar borligini bilmaganlari uchun faqat koʻchmas mulk hamda dollarda saqlash orqali yigʻilgan pullarini ushlab turganlar. Boshqalarga ham tavsiya qilardimki, yigʻib qoʻyilgan pullarni har xil joylarga, xususan, aksiyalar oldi-berdisiga tikib qoʻyib daromad qilishni.
Azam ustozimiz bergan bilimlarini oʻrgatishga haqiqatda haqli va mos ekanliklarini his qildim. Ular investitsiya bilimlarini odamlarga oʻrgatishga chindan loyiq ustozlardan biri. Bundan tashqari, "shular ham yetadi", - demasdan, bilgan hamma bilimlarini maksimal keltirib berganlar toki bizda tanlash imkoni koʻproq boʻlishi va bilimimiz kengroq boʻlishi uchun. Yana kuratorlar savollarimga har doim xuddi oʻzlarini yaqinlariga javob bergandek, sidqidildan javob berishdi. Tez-tez qanday savol borligini soʻrab turishdi. Yordamga juda muhtoj paytimda kimdir menga ayni kerakli yordamni berib turishi men uchun katta narsa edi. Ular boʻlmaganda koʻp vaqt yoʻqotardim. Ular sababli menga qiyinchilik tugʻdirgan broker hisob muammosini hal qildim va endi aksionerlik bilan bemalol shugʻullana olaman.