«Qarz va stress bilan yashardim — endi pulimni boshqaraman va kelajakka ishonaman»
Assalomu alaykum barchaga, men Uznetixni 1 yildan ko'roq vaqtdan beri kuzatib, kelyapman, qarzlarim ko'pva moliyaviy bilimlarim nolga teng edi, kurslarni olib o'qishga pulim ham, imkonim ham yetmasdi. ko'p hollarda stress ichida qarzlarni to'lashni o'ylab yashardim. Kurslarida o'qish imkonim bo'lmasa ham bepul darsliklarini, youtubedagi videolarni ko'rib ko'p bilimlarni o'rgandim. qarzlarimdan qutuldim, moliyaviy bilimlarga ega bo'ldim, pulni taqsimlashni o'rgandim. hozir ozroq bo'lsa ham jamg'arma jamg'arishga harakat qilyapman. nasib etsa kurslarida o'qib, investor bo'lishni niyat qilganman.