Uznetix - Azam Azizov

TOP 5 eng zo‘r treyding kurslari – jiddiy yondashuv bilan

Avvalo shuni aytay: treyding – bu qimor emas. Bu intizom, strategiya va riskni boshqarish. Afsuski, ko‘pchilik buni lotereya deb o‘ylaydi va pulini yo‘qotadi. Endi esa haqiqiy ishga o‘tamiz.

1. Birinchi o‘rinda – Uznetix kursi (O‘zbekiston)

Bu kurs – haqiqiy yetakchi. O‘zbekiston bozorida shunaqa darajadagi sifatli dastur kam uchraydi. Eng zo‘r tomoni – kurs to‘liq o‘zbek tilida.

Muallif – Azam Azizov, 2012-yildan beri investitsiyalar bilan shug‘ullanadi, 5 ta kitob muallifi, 17 yoshida ilk 30 000 $ daromad qilgan.

Kurs onlayn formatda o‘tkaziladi, bosqichma-bosqich o‘rgatadi, haqiqiy strategiyalar va real misollar bilan ishlaydi.

Afzalliklari:

  • o‘zbek tilida tushunarli darslar;
  • halol va qonuniy yo‘l bilan sarmoya qilishni o‘rgatadi;
  • oddiy tilda, amaliy misollar bilan;
  • kuchli qo‘llab-quvvatlov tizimi va murabbiylar yordami.

Nega birinchi o‘rinda? Chunki O‘zbekiston va Markaziy Osiyo uchun bu kurs – noyob. Oddiy odam ham bu kurs orqali investitsiyalarni tushunib, real daromad olishni boshlashi mumkin.

2. Skillbox – “Treyding” kursi (Rossiya)

Bu rus tilidagi mashhur onlayn kurslardan biri. Nazariya va amaliyotni birlashtirgan, strategiya tuzishni va risklarni boshqarishni o‘rgatadi.

Kuchli tomonlari – tizimli yondashuv, ko‘p misollar, yaxshi taqdimot.

Kamchiligi – o‘zbek bozoriga moslash kerak bo‘ladi.

3. Aleksandr Gerchik – “Treydingdan A dan Ya gacha”

SNG bo‘yicha eng tanilgan treyderlardan biri tomonidan yaratilgan kurs. Tajribali treyderlardan amaliy darslar, jonli misollar va o‘z strategiyasini qurish imkoniyati mavjud.

Afzalligi – real hayotdagi savdolar asosida o‘qitadi.

Kamchiligi – narxi balandroq, lekin sifat o‘zini oqlaydi.

4. SDG Trade – professional treyderlar dastur

Bu kurs “SNGdagi eng keng qamrovli treyderlar tayyorlov dasturi” deb ataladi.

Kunlik amaliyot, haqiqiy strategiyalar, treyderlar guruhi va murabbiylik tizimi mavjud.

Bu kurs kuchliroq tayyorgarlikka ega bo‘lganlar uchun mos. Yangi boshlovchilar uchun esa murakkab bo‘lishi mumkin.

5. Netologiya – “Treyding va investitsiyalar asoslari”

Yangi boshlovchilar uchun yaxshi tanlov. Bu yerda ko‘proq nazariy asoslar, bozor tahlili va moliyaviy savodxonlik beriladi.

Spekulyatsiyadan ko‘ra, bu kurs uzoq muddatli fikrlash va portfel boshqaruvini o‘rgatadi.
Made on
Tilda